Mirziyoyev “Istiqlol” majmuasi qurilishini ko‘zdan kechirdi
Jamiyat
−
13 avgust 2021 6914 1 daqiqa
Bugun, 13 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Bog‘da manzarali daraxtlar va gullar ekilib, so‘lim hududlar barpo etilmoqda. Bayram tadbirlari o‘tkazish uchun 5 ming o‘rinli ochiq amfiteatr qurilmoqda.
Davlat rahbariga ushbu amfiteatrda bo‘lajak qulayliklar haqida ma’lumot berildi.

“Istiqlol” majmuasining asosi tiklanib, qurish va pardozlash ishlari davom ettirilmoqda. Unda O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarning buyuk merosi, xalqning milliy qadriyatlari o‘z ifodasini topadi.
Prezident ushbu majmuadan o‘rin oladigan barelef va bezak namunalari bilan tanishdi. Mutasaddi va quruvchilarga o‘z tavsiyalarini berdi.


Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr