Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi
Jamiyat
−
25 noyabr 3409 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 25 noyabr kuni Samarqandga tashrifi chog‘ida Hazrati Hizr majmuasida ham bo‘lib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasiga gul qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 25 noyabr kuni ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonlari bilan tanishish hamda kelgusidagi vazifalarni faollar ishtirokida belgilab olish uchun Samarqand viloyatiga yetib borgandi. Davlat rahbari Samarqandga tashrifini taomilga ko‘ra, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. Prezident keyin Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida joylashgan Mahdumi A’zam majmuasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.
Live
Barchasi