Mirziyoyev inflyatsiyani pasaytirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Jamiyat
−
07 fevral 2023
7148O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bugun, 7 fevral kuni joriy yilda inflyatsiya darajasini pasaytirish choralari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumki, inflyatsiya faqatgina makroiqtisodiy ko‘rsatkich emas, aholi daromadi va turmush tarziga ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. 2022 yil yakuni bilan O‘zbekistonda inflyatsiya 12,3 foizni tashkil etgan edi. Barcha iqtisodiy mexanizmlarni qo‘llab, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 10 foizdan pastga tushirish maqsad qilinmoqda.
Yig‘ilishda buning uchun iste’mol tovarlari, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularni “daladan dasturxongacha” yetkazib berishdagi xarajatlarni qisqartirib, arzon bo‘lishini ta’minlash zarurligi ta’kidlangan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish uchun aholiga ajratilgan jami 200 ming gektar yerdan unumli foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Ushbu chora-tadbirlarni tizimli tashkil etish uchun hududlar salohiyatidan kelib chiqib, har bir tuman va shahar bo‘yicha alohida “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Yig‘ilishda aholi uchun jozibador moliyaviy xizmatlar turlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
LiveBarchasi