Mirziyoyev ilk bor Belarusga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan joriy yilning 31 iyul – 1 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu Prezident Mirziyoyevning Belarusga ilk tashrifi.

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Belarus muloqotining davomi sifatida Minsk shahrida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Prezidentlar Minskda O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi va Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanishadilar.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti imzolanishi hamda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni, jumladan, investitsiyalar, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 12-14 sentyabr kunlari Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Belarus'

Baholaganlar

18

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing