Mirziyoyev ikki davlat yetakchisini Ramazon oyi bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston va Qirg‘iziston yetakchilari – Serdar Berdimuhamedov va Sadir Japarovni Ramazon oyi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovga yo‘llagan tabrigida Turkmaniston xalqini Ramazon oyi kirib kelishi bilan qutlagan.

“Sizga va do‘st Turkmaniston xalqiga o‘zimning eng samimiy tabriklarimni izhor etishdan mamnunman va mushtarak tarix, til, din va madaniyatni birlashtirgan o‘zbek va turkman xalqlarida o‘zgacha ilhom tuyg‘ularini uyg‘otadigan muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan eng ezgu tilaklarimni bildiraman”, deyiladi tabrikda.

Shuningdek, Mirziyoyev davlat rahbariga mustahkam sog‘lik, baxt va farovonlik, Turkmaniston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik tilagan.

Prezident Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovni va Qirg‘iziston xalqini ham Ramazon oyi kirib kelishi bilan qutlagan.

“Sizni, barcha yaqinlaringizni va qardosh qirg‘iz xalqini butun musulmon jamoatchiligi katta ishtiyoq va quvonch bilan kutib oladigan Ramazon oyi kirib kelishi bilan chin qalbimdan tabriklayman.  Asrlardan buyon mushtarak tarixiy, diniy, madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni birdek e’zozlaydigan qardosh xalqlarimiz ezgulik, bag‘rikenglik, barakalilik kabi fazilatlarning o‘ziga xos timsoli sifatida Ramazon ayyomini ko‘tarinki ruhda kutib oladi. Ulug‘ va muhtaram oyning ushbu muborak va yorug‘ kunlarida biz davlatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama va uzoq muddatli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni barcha jabhalarda jadal rivojlantirish niyatidamiz”, deyiladi tabrikda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston va Qirg'iziston Ramazon tabrigi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar