Mirziyoyev Germaniya Prezidenti bilan bir piyola choy ustida ko‘rishdi

Jamiyat

гнгшл

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Berlinda Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Berlindagi Belvyu saroyida Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari dasturxon ustida suhbat qurgan. 

Ma’lumot uchun, bugun, 29 sentyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlari va Germaniya kanslerining birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga jo‘nab ketgandi. Shu kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Germaniyaga rasmiy tashrif bilan borgan. U yerda federal kansler Olaf Shols bilan tet-a-tet formatida muzokaralar olib borgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing