Mirziyoyev G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi - Fotoreportaj

Jamiyat

02

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi boshlandi. 

Davlat rahbari Minskka kelgach, an’anaga ko‘ra, Belarus poytaxtidagi G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi.

Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul askarlarining tantanali marshi bo‘lib o‘tdi.

Tashrifning asosiy voqealari bugun, 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Mustaqillik saroyida O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazadi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti imzolanishi, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

Prezidentlar Minskda ochilgan O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyuradilar. Tashrif dasturidan Belarus yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishish ham o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing