Mirziyoyev faoliyatining bosh mezonini ma’lum qildi 

Jamiyat

image

Avvalroq, Oliy Majlis Senatining yangi binosida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimi boshlangani haqida xabar bergandik.

Marosimda so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi va faoliyatining bosh mezoni haqida gapirdi. 

“Asosiy qomusimiz kafili sifatida Konstitutsiya va qonunlarimiz talablarini so‘zsiz bajarish, “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish, bundan buyon ham faoliyatimning bosh mezoni bo‘lib qoladi”, deydi Mirziyoyev.

O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod qilgan Mirziyoyev inson qadri tushunchasiga to‘xtalib o‘tdi. 

“Albatta, inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni nazarda tutamiz.

Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog‘lom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz”, deydi Mirziyoyev. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing