Mirziyoyev ertaga yana safarga chiqadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Tadbirda Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel va mintaqa mamlakatlarining yetakchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Sammit kun tartibiga muvofiq, siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Shu kun kechasi Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel O‘zbekiston Respublikasiga kelishi kutilmoqda.

28 oktyabr kuni O‘zbekiston va YeI o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorligiga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqiladi. 

Oliy martabali mehmon O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Samarqand shahriga tashrif buyuradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

274

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing