Mirziyoyev Erdo‘g‘an va kelnoyiga sog‘lik tiladi
Jamiyat
−
06 fevral 2022 15042 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublisi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga maktub yo‘lladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilgan.
Aytilishicha, davlat rahbari o‘z maktubida yaqinda koronavirusning “omicron” shtammiga chalingan Turkiya rahbari va uning rafiqasiga tezroq tuzalib ketishini tilagan.
"Siz, qadrdon inimning va rafiqangiz Emina Xonim Oliyalarining koronavirus kasalligiga chalinganingiz to‘g‘risidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim”, deyiladi maktub avvalida.
O‘zbekiston rahbari Turkiya Prezidenti va uning rafiqasi qisqa fursatda virusni muvaffaqiyatli yengib o‘tib, tezda shifo topishlariga ishonch bildirgan.
Bundan tashqari, Mirziyoyev Erdo‘g‘anga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat va yangi zafarlar tilagan
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust