Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan Xorazmga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 mart kuni Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Davlat rahbari u yerda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga hamrohlik qiladi. Tashrif chog‘ida Xiva shahrini ziyorat qilish ko‘zda tutilgan”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumki, 29-30 mart kunlari Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu uning so‘nggi olti yilda O‘zbekistonga amalga oshirayotgan uchinchi rasmiy tashrifidir. 

Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ushbu tashrifda an’anaga ko‘ra Turkiya Respublikasi Birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an hamrohlik qilmoqda. 

Tashrif doirasida Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va muloqot yakunlari bo‘yicha qo‘shba bayonot hamda turli sohalardagi hamkorlik bo‘yicha 9 ta shartnoma imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

383

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing