Mirziyoyev “eng katta” xavfni aytdi (video)

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish hamda 9 oy va yil yakuni bo‘yicha belgilangan prognoz parametrlariga erishishni ta’minlaydigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Prezident yil yakuniga 4,5 oy muhlat qolganini eslatib, eng katta xavf haqida gapirib o‘tdi.

“Nima uchun bunday ko‘p qarorlar chiqyapti? Biz hammamiz izlanishdamiz. Mana shunday og‘ir sharoitda 33 yarim million xalqni boqib, ularni rozi qilib, ertangi olgan katta-katta rejalarimizni amalga oshira olamizmi yoki yo‘qmi, degan savol hammangizni qiynashi kerak.

Bizda eng katta xavf nimada degan savol meni qiynaydi. Eng katta xavf – kadrlarning saviyasida, bilimida, ilmida va fidoyiligida. Ming afsus eng og‘ir masala shu. Nima uchun men bugun sizlarni yig‘dim? Bugungi ish uslubimiz bugungi darajamizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Agar sizlar o‘zgarmas ekansizlar, vaziyat ham o‘zgarmaydi. Bugun majlis emas, bugun vijdonimiz oldida hisobot - biz shunga munosibmi yoki yo‘q. Imkoniyat o‘z qo‘limizda, shundan to‘g‘ri xulosa qilib foydalana olamizmi yoki yo‘qmi.”

Suv yo‘qligi, gaz yo‘qligi, elektr energiyasi yo‘qligi bizga alam qilmaydimi?! Hamma sohalarda yangi O‘zbekistonni tuzayapmiz. Demokratik davlat, oldimizda turgan katta sinovlar nuqtai nazaridan, aqlimiz, bilimimiz, sadoqatimiz bilan odamlarni ishontira olamizmi yoki yo‘qmi?”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq, Prezident narxlarning keskin oshib ketishining oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing