Mirziyoyev eksport sur’atini pasaytirayotgan uch sababni aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda eksport sur’ati juda past. Bunga asosiy uchta sabab bor. Bularning asosiysi mas’ul davlat idoralari eksportni o‘zining ustuvor vazifasi sifatida bilmayapti. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev standartlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilishda aytib o‘tdi. 

“Taraqqiyot strategiyamizda eksport hajmini 30 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marrani belgilab olganmiz. Bunga hamma zaminni yaratib berdik.

O‘tgan yili GSP+ tizimi doirasida 6 ming 200 turdagi mahsulotlarni Yevropaga bojsiz eksport qilish imkoniyati yaratildi.

Lekin, o‘tgan bir yil ichida Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadigan mahsulot turlari 79 taga (jami 643 ta), tadbirkorlar soni 102 taga (jami 579 ta) ko‘paydi”, deydi Prezident.

Shuningdek, yig‘ilishda o‘sish sur’ati juda past ekani qayd etilib, to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillar sanab o‘tildi. Bular, jumladan:

•  standart, sertifikatsiya va laboratoriya masalalariga javob beradigan davlat idoralari eksportni ko‘paytirishni o‘zi uchun ustuvor vazifa, deb qaramayapti;

•  standart, karantin, veterinariya idoralari hamda gigiyenik laboratoriyalar yagona siyosat yuritmasdan, tadbirkorga ko‘makchi bo‘lmayapti;

•  hududlarda 150 ta zamonaviy laboratoriya tashkil etishga ehtiyoj mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

352

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing