Mirziyoyev demokratik yo‘ldan qaytmasligini tasdiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston 6 yil avval boshlangan demokratik islohotlar yo‘lidan ortga qaytmaydi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilayotgan tantanali marosimdagi nutqida so‘z ochdi. 

Prezidentga ko‘ra, bugungi O‘zbekiston va uning xalqi kechagisidan ancha farq qiladi. 

“Bir haqiqatni aytishga barcha asoslarimiz bor: bugungi O‘zbekiston – bu kechagi O‘zbekiston emas, bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas”, deydi Prezident. 

Uning qayd etishicha, hukumat pandemiya va global inqirozning salbiy ta’siriga qaramasdan erkin, obod va farovon hayot qurish yo‘lidan dadil olg‘a bormoqda. 

“Hammamiz yaxshi tushunamizki, bugun biz intilayotgan Yangi O‘zbekistonni barpo etish, uchinchi rennesans poydevorini yaratish oson emas. Bunday ulug‘ vazifaning sharti va mezonlari ko‘p. Ammo eng muhim va hal qiluvchi omil –  demokratik islohotlar yo‘lidir. 

Shu bois xalqimiz manfaatiga to‘la javob beradigan bu yo‘ldan hech qachon ortga qaytmaymiz Qanchalik qiyin bo‘lmasin, faqat va faqat oldinga qarab boramiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing