Mirziyoyev hosildor urug‘lar fermer va dehqonlargacha yetib bormayotganini aytdi

Jamiyat

image

Olimlar yaratgan 100 sentnergacha hosil beradigan paxta navlari (Buxoro, Ravnaq, Porloq, Sulton) klasterlarga yetkazilmayapti, dehqon va fermerlar qaysi hosildor urug‘larni ekishni va ularni qayerdan olishni bilmayapti. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ilmga asoslangan urug‘chilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda paxtani chuqur qayta ishlash asosida to‘qimachilik mahsulotlari eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi. 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda kunduzgi va tungi harorat bir xil bo‘lib qolayotgani, yangi turdagi hashoratlarning ko‘payib borayotgani ushbu sharoitga chidamli navlarni ko‘paytirishni taqozo qilmoqda.

G‘o‘zani o‘g‘itlashni o‘zgartirish, gerbitsid va pestitsidlarni ham tartibga solish vaqti-soati keldi.

Shu bois Prezident huzurida Innovatsiya vaziri Ibrohim Abduraxmonov boshchiligida Paxtachilik kengashi tashkil etilishi belgilandi. Kengash:

•  har yili hosildor va ertapishar navlarni hududlar kesimida ko‘paytirish va ekishni har bir klaster bo‘yicha belgilab beradi;

•  iqlim va harorat o‘zgarishlariga mos bo‘lgan o‘g‘itlash sxemasini ishlab chiqadi, gerbitsid va pestitsidlar qo‘llashni tartibga oladi;

•  keyingi yillarda hashoratlar eng katta muammo bo‘lishini inobatga olib, ularga qarshi kurashish bo‘yicha har bir hududga mos agrotexnologiyalarni ishlab chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

460

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made