Mirziyoyev daraxt ekishda “ko‘zbo‘yamachilik” qilganlarni ishdan bo‘shatdi
Jamiyat
−
09 aprel 2022
20878O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Yashil makon" dasturi doirasida "ko‘zbo‘yamayachilik"ka yo‘l qo‘yganlarni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda "Menimcha" ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
“5 million tup ko‘chatlarni hisobotda qo‘shib yozgani uchun olib tashladik. Kimga kerak bu qo‘shib yozish?! Kimni aldayapmiz?! Agar shu qalamchani ham eka olamasalaring endi “yashil makon”ni hech qachon qila olmaymiz”, deydi davlat rahbari.
Yig‘lishda mutasaddilarga aprel oyida barcha qoloqliklar va kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish topshirildi. Umuman, aprel oyi yakuniga qadar viloyat hokimlari tegishli idoralar bilan birga:
• tumanlardagi yirik mahallalarga 20-30 ming, o‘rta mahallalarga – 10-15 ming, kichiklariga – 3-5 ming terak qalamchalari;
• shaharlarning har bir mahallasiga 3-5 ming terak qalamchalari ekilishini ta’minlashi;
• avtomobil yo‘llari bo‘yida kamida 5 million tup terak ko‘chatlari va qalamchalari ekishni tashkil qilishi shartligi ta’kidlandi.
LiveBarchasi