Mirziyoyev Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari bilan uchrashdi

Sport

image

Bugun, 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi doirasida mamlakatda bo‘lib turgan Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu nufuzli global tashkilot bilan mazkur sport turini ommalashtirish va O‘zbekistonda milliy triatlon maktabini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

“Mamlakatimizda triatlon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Milliy federatsiya faoliyat ko‘rsatmoqda, muntazam ravishda xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda, o‘zbekistonlik sportchilar qit’a va jahon reytinglarida o‘z o‘rinlarini mustahkamlab bormoqda”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, sportchilar, murabbiylar, hakamlar va sport menejerlarini tayyorlash, zamonaviy infratuzilmani yaratish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va ekspert ko‘magi dasturlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. 

Ma’lumot uchun, “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida nufuzli musobaqalar – World Triathlon Cup Samarkand-2025 hamda World Triathlon Para Cup Samarkand-2025 bo‘lib o‘tmoqda. Triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi doirasida o‘tayotgan ushbu musobaqalar O‘zbekistonga 30 dan ortiq mamlakatdan eng kuchli sportchilarni jamlagan. 19 may kuni boshlangan musobaqalar 27 mayga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev triatlon Antonio Fernandes Arimani Butunjahon triatlon ittifoqi paratriatlon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing