Mirziyoyev Buxoroda Nazarboyev bilan uchrashdi (video)
Jamiyat
−
07 Sentabr
15982Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Buxoro shahrini ziyorat qilish uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 7 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida bo‘lib, hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning borishi va avvalgi tashriflar davomida belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosi bilan tanishgan. Tashrif davomida qadimiy me’moriy obidalarni ziyorat qilish uchun Buxoroda bo‘lib turgan Qozog‘istonning sobiq rahbari Nursulton Nazarboyev bilan norasmiy uchrashuv ham o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, 83 yoshli Nazarboyev 30 yil davomida respublika rahbari bo‘lib ishlagan. 2019 yilda u iste’foga chiqishini e’lon qilib, mamlakatdagi o‘zgarishlarni davom ettiradigan yangi avlod rahbarlarining hokimiyatga kelishi zarurligini ta’kidlagan. 2023 yilning yanvar oyida Qozog‘iston parlamenti bir ovozdan Nazarboyevni “Elboshi” maqomidan mahrum qildi. Shundan so‘ng, darhol Senat u Qozog‘iston faxriy senatori bo‘lmasligini e’lon qildi. Keyinchalik esa parlamentda bu unvon butunlay bekor qilindi. May oyi oxirida sobiq prezidentni haqorat qilish jinoyat hisoblanmasligi ma’lum bo‘ldi. Ilgari sobiq prezidentni haqorat qilgan fuqarolar uch yil qamoq jazosiga hukm qilinardi.