Shavkat Mirziyoyev bugun Sirdaryoga boradi
Jamiyat
−
04 dekabr 2854 1 daqiqa
Bugun, 4 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlat rahbari sanoat korxonalari faoliyati va mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilab beradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga borgandi. Viloyatda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgandi hamda Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.
Live
Barchasi