Mirziyoyev bugun xalqaro forumda qatnashadi
Jamiyat
−
17 Sentabr 6068 1 daqiqa
Bugun, 17 sentyabr kuni Namangan shahrida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumi o‘z ishini boshlaydi. Uning ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Forum doirasida davlat rahbari Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yang, Jahon banki global direktori Luis Felipe Lopes-Kalva bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Norin tumanidagi Sho‘rariq mahallasiga kirib borgandi. Mazkur mahallaning sharoiti og‘ir. Ichki yo‘llar ta’mirtalab, ko‘cha chiroqlari va "lotoklar" yo‘q. Bu yerda 5 mingdan ziyod aholi yashaydi. 62 ta kambag‘al oila, 118 nafar ishsiz bor, 157 odam migratsiyada.
Live
Barchasi