Mirziyoyev bugun Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasiga boradi
Jamiyat
−
07 yanvar 2022
16965Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 7 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi va DXX Akademiyasiga borishi rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatining "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi va DXX Akademiyasiga tashrif buyuradi”, deb yozadi Asadov.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning 4 yanvarida ham qisqa muddatli ta’tilga chiqqan edi. 11 yanvar kuni ta’tildan qaytgan Prezident shu kuni Jizzax viloyatida Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib ko‘rgandi.
LiveBarchasi