Mirziyoyev bozorlardagi narx-navo “osmonga chiqib ketganini” tanqid qildi

Jamiyat

image

May oyida inflyatsiya darajasi 1 foizga oshdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan yuqori. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholini oziq-ovqat, jumladan, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida aytib, hokimlar faoliyatini tanqid qildi.

“Dunyoda kun sayin oziq-ovqat bilan bog‘liq cheklovlar va narxlarning o‘sishi kuchaymoqda. Albatta, bu bizga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Lekin, hamma viloyat, tuman va shahar hokimlari ham dunyoda bo‘layotgan vaziyatni baholab, ishini to‘g‘ri tashkil qilayotgani yo‘q. Buni bozorlarimizdagi narx-navo ko‘rsatib turibdi. Jumladan, may oyida inflyatsiya darajasi 1 foizga oshdi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan yuqori ko‘rsatkich”, deydi Mirziyoyev. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda narx-navoning o‘sishiga jahon bozorlarida bug‘doy narxi 50 foizga, o‘simlik yog‘i – 33 foizga, shakar – 14 foizga, neft – 47 foizga oshgani bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

“Bunday sharoitda hokimlar barcha ichki imkoniyatlarni safarbar etib, bozorlarni mahsulotlar, eng muhimi – oziq-ovqat bilan to‘ldirish uchun ikki karra ko‘proq ishlashlari shart. Lekin, ko‘p hokimlar narx-navoga e’tibor qilmasdan, jilovni qo‘lidan chiqarib yuborgan”, deydi Mirziyoyev.

Shuningdek, davlat rahbari barcha hokimlarga uch kun muddatda barcha mahalla va qishloqlarda asosiy mahsulotlar bilan ta’minlash darajasini o‘rganib, kerak bo‘lsa, boshqa hududlardan tezkorlik bilan yetkazib berish vazifasi qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

484

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing