Mirziyoyev BMT Inson huquqlari kengashi yig‘ilishida ham o‘zbek tilida nutq so‘zlashi kutilmoqda

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi. QALAMPIR.UZ manbalarining ma’lum qilishicha, Prezident yig‘ilishda o‘zbek tilida nutq so‘zlamoqchi.

Agar ushbu tashabbus amalga oshsa, Inson huquqlari bo‘yicha asosiy global platformada ilk bor o‘zbek tili yangraydi.

Ma’lumot uchun, ushbu tadbir tashkilotchilari an’anaviy ravishda BMTning oltita rasmiy tilidan birida so‘zlashishni tavsiya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning 23 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yetmish beshinchi yubiley sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etgandi. Ushbu chiqishning tarixiy ahamiyati shunda ediki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilgani va unga O‘zbekiston a’zo bo‘lib kirgandan buyon ilk bor tashkilot minbarida O‘bekiston rahbari o‘zbek tilida nutq so‘zlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

272

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing