Mirziyoyev birinchi marta Toshkentdan to‘g‘ri Mo‘ynoqqa jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
23 fevral 2022 10508 1 daqiqa
Bugun, 23 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Qayd etilishicha, bu gal yangiliklar, o‘ziga xos jihatlar ko‘p. Xususan, birinchi raqamli bort ilk bor Toshkentdan Mo‘ynoqqa keladi. Tashrif ham, avvalgilardan farqli ravishda, uch kun bo‘ladi.
Yana bir yangilik - Orolbo‘yi hududini birgalikda rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston tumanlari bittadan viloyatga biriktirilgan. Shu bois bu yerga Toshkent shahri va viloyat hokimlari ham kelgan. Ular o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazadi.
Live
Barchasi