Mirziyoyev Berdimuhamedov bilan telefonda suhbatlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yo‘lladi.

Mulovqotda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Joriy yilning 14-15 iyul kunlari Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi hamda 20-21 oktyabr kunlari O‘zbekiston Prezidentining Turkmanistonga rasmiy tashrifida, shuningdek, ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi uchrashuvlarda erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Barcha ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlik ancha faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Parlamentlararo muloqot, shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida yangi darajaga ko‘tarilgani ta’kidlangan.

Suhbat yakunida O‘zbekiston Prezidenti va Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklarini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing