Mirziyoyev Baydenga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Baydenga ta’ziya bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining janubi-sharqiy shtatlarida yuz bergan kuchli “Ien” to‘foni oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan AQSH Prezidenti Jozef Baydenga ta’ziya yo‘llagan.

Prezident to‘fon oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning Florida shtatida sodir bo‘lgan “Ien” to‘foni qurbonlari soni 42 kishiga yetgandi.

“Ien” to‘foni 28 sentyabr kuni Florida shtatining janubi-g‘arbiy qirg‘oqlariga zarba berdi va keng ko‘lamli vayronagarchilik va suv toshqinlariga sabab bo‘ldi, 2,5 milliondan ortiq iste’molchini “svet”siz qoldirib, telekommunikatsiya tarmoqlari va aeroportlar ishini to‘xtatib qo‘ydi. 29 sentyabrda Florida gubernatori Ron DeSantis dovuldan ko‘rilgan zararni “tarixiy” deb atadi va mahalliy daryolardan birining toshib ketishini har besh yuz yilda bir marta sodir bo‘ladigan hodisa deb ta’rifladi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

301

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing