Mirziyoyev BAAning yangi Prezidentini tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 14 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni mamlakat Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

"Sizning so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Amirliklar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlashga qo‘shib kelayotgan beqiyos amaliy hissangizni va ko‘rsatayotgan e’tiboringizni katta mamnuniyat bilan e’tirof etmoqchiman.

Kelgusida ham birgalikdagi qat’iy intilishlarimiz va doimiy muloqotlarimiz natijasida davlatlarimiz o‘rtasida jadal rivojlanib borayotgan o‘zaro ishonch, yuksak hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan sherikligimiz izchil kengayib borishiga aminman", deyilgag davlat rahbarining maktubida.

Eslatib o‘tamiz, BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid al-Nahayon kecha, 13 may kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi.

Uning o‘rniga bugun, 14 may kuni Abu-Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayonni mamlakatning yangi Prezidenti etib saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing