Mirziyoyev ayrim mamlakatlardagi vaziyat sabab Hukumatga yangi topshiriq berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan ayrim mamlakatlarda yuzaga kelayotgan vaziyatni hisobga olgan holda, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan barcha salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha respublikamizning har bir tarmog‘i va hududi kesimida aniq chora-tadbirlarning batafsil Rejasini ishlab chiqishga topshiriq berdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilmoqda. 

Uning qayd etishicha, Prezidentning Vazirlar Mahkamasiga topshirig‘ida Moliya tizimining barqarorligi, korxonalarning uzluksiz ishlashi va rejalashtirilgan investitsiya loyihalari o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash vazifalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, tarmoq va hududlar rahbarlari oldiga transport-logistika tarmog‘ining ishonchli faoliyatini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish, bunda eksport geografiyasi yanada diversifikatsiya qilinishini ham hisobga olish vazifasi qo‘yilgan.

Viloyatlar hokimlariga aholini ijtimoiy himoya qilish ishlarini kuchaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishsiz aholi bandligini ta’minlashni jadallashtirish, shuningdek, inflyatsiya darajasini doimiy monitoring qilish va iste’mol bozorida narxlarning keskin tebranishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha avvaldan chora ko‘rish zarurligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1239

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing