Mirziyoyev avgustda Ozarbayjonga boradi
Jamiyat
−
08 avgust 2023
3694O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Bu haqda bugun, 8 avgust kuni O‘zbekiston Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori o‘rinbosari, sobiq elchi Sherzod Fayziyev ma’lum qildi, deya xabar beradi Ozarbayjon matbuoti.
Fayziyev bo‘lajak tashrifi haqida “Ozarbayjon – O‘zbekiston: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston rahbarining tashrifi avgust oyida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 21-22 iyun kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan edi.