Mirziyoyev “Arqadag‘” va uning o‘g‘li bilan suhbatlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va saylangan Prezidenti Sardor Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tomonini g‘oyatda muhim siyosiy tadbir – Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, unda Sardor Berdimuhamedov ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy tabriklab, qardosh Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlashga qaratilgan birgalikdagi ishlar davom ettirilishiga ishonch bildirdi.

Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ham muhokama qilindi. Mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari parlamentlar o‘rtasidagi faol muloqotni, shu jumladan xalqaro tashkilotlar doirasida davom ettirish muhimligini ta’kidladi. Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda navbatdan tashqari Prezident saylovi joriy yilning 12 mart kuni o‘tkazildi. Mamlakat bo‘ylab 2577 ta saylov uchastkasi ochildi, 41 tasi respublika tashqarisida. Hammasi bo‘lib 3,4 milliondan ortiq saylovchi ro‘yxatga olingan. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 97,11 foizi saylovda qatnashgan.

Sardor Berdimuhamedov saylovda jami ovozlarning 72,97 foizini to‘plagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing