Mirziyoyev “Arqadag‘”ni tabrikladi
Jamiyat
−
29 iyun 6742 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, qardosh Turkmanistonga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning zamonaviy Turkmanistonni barpo etish va izchil rivojlantirish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish, O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida qayd etgan.
Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetkazgan.
Keyingi yillarda, eng avvalo, mamlakatlar yetakchilarining muntazam uchrashuvlari tufayli ikki tomonlama hamkorlikda misli ko‘rilmagan yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari, shu jumladan joriy yilning sentyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr