Mirziyoyev Arqadag‘ bilan telefonda muloqot qildi
Jamiyat
−
30 dekabr 2019
3637O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 dekabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ikki qardosh mamlakat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.
Joriy yil noyabr oyida Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda o‘tgan ikkinchi Maslahat uchrashuvining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlar mustahkamlangani, eksport-import amaliyotlari hajmining oshgani, energetika, qishloq xo‘jaligi, sanoat va transport sohalarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotgani ikki tomonlama hamkorlikning muhim natijalari sifatida e’tirof etildi.
Madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish muhim ekani ta’kidlandi.
Suhbat chog‘ida mintaqaviy hamkorlik va xalqaro siyosatga doir masalalar ham muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan muloqot qilib, ularning Yangi yil bilan tabriklagan edi.
LiveBarchasi