Mirziyoyev Aliyevga qo‘ng‘iroq qildi
Jamiyat
−
24 dekabr 2023
9224Bugun, 24 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev Ozarbayjon yetakchisini tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, Ilhom Aliyevning bugungi Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va shiddatli taraqqiyotini ta’minlashdagi shaxsiy hissasi va tarixiy o‘rni alohida ekanini qayd etgan.
Shuningdek, ular suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni jadal rivojlantirish yilida amaliy hamkorlikning 10 ta yangi yo‘nalishini shakllantirishga kelishib olib, 2024 yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan.
Prezident Mirziyoyev muloqot yakunida Ozarbayjon rahbariga ushbu mamlakatda bo‘lajak Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tilagan.
Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval 22 dekabr kuni ham Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidentiga maktub yo‘llab, uni tavallud kuni bilan qutlagan edi.