Mirziyoyev 7 hokimga hayfsan berib, ularning “zam”larini ishdan oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 8 nafar hokimga oxirgi marotaba hayfsan berdi. Bu haqda xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi. 

Qayd etilishicha, yig‘ilishda tadbirkorlar xizmatlar sohasida asosan 3 ta masala – yer, bino va infratuzilma bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgani ko‘rsatib o‘tilgan.

So‘nggi ikki oyda 23 mingdan ziyod yer maydonlari savdoga chiqarildi, shundan 12 mingtasi yoki 60 foizi xizmat ko‘rsatish joylarini tashkil etish uchun qo‘yilgan.

Prezidentninig so‘zlariga ko‘ra, bunda, 63 ta tuman va shaharda auksionga qo‘yilgan yer uchastkalarining soni 100 tadan ko‘p bo‘lsa, 27 ta tumanda 10 taga ham yetmaydi. Xususan, Navoiy, Shahrisabz, Qo‘qon, Xiva, Urganch shaharlari, Toshkent, Bo‘stonliq, Bekobod, Kitob, Uzun tumanlarida savdoga qo‘yilgan yerlar soni 10 tadan oshmaydi.

Shu bois, faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun Navoiy, Shahrisabz, Qo‘qon shaharlari, Bo‘stonliq, Bekobod, Kitob, Uzun tumanlari hokimlariga nisbatan oxirgi marotaba hayfsan berish, ushbu tuman va shahar hokimlarining qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlarini lavozimidan ozod etishga ko‘rsatma berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

837

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing