Mirziyoyev 2020 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonuni imzoladi
Jamiyat
−
10 dekabr 2019
6825O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.
Qonun bilan 2020 yilda byudjet jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida byudjet vakolatlari taqsimlandi.
Shuningdek, byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirish kiritish tartibi belgilandi.
Qonun bilan respublika byudjetining daromadlari prognozi va xarajatlari, mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari prognozlari belgilandi.
2020 yil uchun ayrim soliqlar va to‘lov stavkalari tasdiqlandi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari kabilar shular jumlasidandir.
Qonunga ko‘ra, bir qator xarajatlar respublika byudjetidan moliyalashtirishga, ayrim xarajatlar mahalliy byudjetdan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.
Jumladan, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha xarajatlar tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.