Mirziyoyev 15 mingga yaqin o‘quvchi kontrakt sabab kollej va texnikumda o‘qishni to‘xtatganini aytdi
Jamiyat
−
15 iyun 2022
7655O‘zbekistonda joriy yilda kollej va texnikumlarning 15 mingga yaqin o‘quvchilari kontrakt pulini to‘lash imkoniyati yo‘qligi bois, o‘qishni davom ettira olmagan. Bu haqda bugun, 15 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Yig‘ilishda qayd etilishicha, 330 ta kasb-hunar maktabi, 173 ta kollej va 207 ta texnikuman iborat tizim samarali ishlatilmayotgani qayd etildi. Ular mavjud quvvatlarining atigi 40-50 foizidan foydalanmoqda.
Energetika, Suv xo‘jaligi, Uy-joy kommunal vazirliklariga berilgan kollejlar 20 foiz, Qurilish, Transport vazirliklari kollejlari 10 foiz quvvatda ishlayapti.
“Eng muhimi – kollej va texnikumlardagi kasblar ish beruvchilar talabiga mos emas. Oqibatda ular ishga olgan yoshlarni qaytadan o‘qitishga majbur bo‘lmoqda.
O‘quv dasturlari zamon talablaridan ancha orqada, 1 ming 350 nomdagi kasbiy darslik va adabiyotlar yetishmaydi”, degan Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda.
Shuningdek, bu muammolar yechimi bilan shug‘ullanadigan mutasaddi vazirliklar tizimli ishlamayotgani tanqid ostiga olingan.
Shu bois kasb-hunar ta’limini zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilangan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr