Mirziyoyev hokimlarga tanbeh berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirishda ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan, ularga hokimlar farzandlariga o‘xshab e’tibor qaratmaydi, bolalarni ish bilan ta’minlash uchun harakat qilmaydi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 15 iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.

“Yaqinda Qashqadaryoga borganimda, shu bitta yaxshi sportni rivojlantirish bo‘yicha kollejni [borib ko‘rdim]. Ichidagi uskunalarni ko‘rib, odam “dod” degisi keladi. Yaponiya, Koreyani uskunalari turibdi. Ming kishi o‘qiyotgan kollejda 59 kishi o‘qiyapti. Qani u davlat, qani u rahbariyat? Mana men Yaponiya, Koreya, Turkiyaning kasb o‘rgatish mutaxasisslari bilan gaplashdim. Men ularga, meni farzandlarimni qabul qiluvchanligi qanday, deb savol berdim. “Qoyil qolyapmiz, ularning qabul qiluvchanligiga”, deydi. Ayb faqat bizda, farzandlarimizda emas. Tashkilotchilarda, hokimlarda. Men rahbar bo‘lsam, mening vakillarim sizlar bo‘lsangiz, ular sening farzandlaring-ku. Farzandlaringga o‘xshab qaragin, Xudo xayringni bersin! Agar mana shu gaplarni kuyinib, o‘zlaringni ozgina qiynab, uyqularing yo‘qolib, hozirgi zamondan to‘g‘ri xulosa qilib, bolalarimizni ish bilan ta’minlasak, mana shunday og‘ir sharoitdan ham o‘tib ketamiz. Qachon o‘tib ketamiz, birlashsak, tizimli ishlar qilsak, bu xavf-xatardan ham o‘tib ketamiz!”, degan Mirziyoyev. 

Shuningdek, Mirziyoyev davlat bergan shuncha imkoniyatlar mamlakat farzandlariga, uning rivojlanishiga hech qanday manfaat bermayotganini aytdi. 

“Bular o‘zicha o‘qitib yotibdi, korxonalar esa chetdan o‘zi pul sarflab, mutaxassis olib kelib, o‘qityapti. Shuncha davlatning texnikumi, kolleji kimni, nimaga o‘qitiyapti?”, dedi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident ta'lim hokim

Baholaganlar

1199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing