Mirziyoyev hokimlarga har oyda xalqqa hisobot berishni topshirdi
Jamiyat
−
14 Oktabr 3816 1 daqiqa
O‘zbekistondagi viloyat va tuman hokimlariga ommaviy axborot vositalari orqali qilingan ishlar bo‘yicha xalqqa hisobot berish topshirildi. Bu haqda bugun, 14 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
“Islohotlarimizning ostonasi bo‘lgan har bir mahallaga Yangi O‘zbekiston nafasini olib kirish, eng avvalo, “mahalla yettiligi”ning yagona jamoa bo‘lib ishlashiga bevosita bog‘liq”, dedi davlat rahbari.
Shu bois, mahalla raisi boshchiligidagi “yettilik”ning har bir vakili o‘ziga mas’uliyat olib, yuqorida qo‘yilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha murojaat bilan chiqib, bir yillik dasturini aholiga e’lon qilishi muhimligi ta’kidlandi.
Viloyat va tuman hokimlari ham har bir mahalla kesimida qiladigan har oylik ishlarini mahalliy kengashlarda himoya qilib, odamlarga murojaat yo‘llaydi. Har oyda mahalla aholisi bilan bevosita uchrashib, ommaviy axborot vositalari orqali qilingan ishlar bo‘yicha xalqqa hisobot berish topshirildi.
Yig‘ilish davomida hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, mahalla raislari bilan muloqot qilindi.
Live
Barchasi