Mirziyoyev Hindiston xalqiga ta’ziya bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, deb yozadi Asadov. 

Bugun, 12 iyun kuni Hindistonning Gujarat shtatidagi Ahmadobod shahrida Air India aviakompaniyasiga tegishli Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti halokatga uchradi. AI171 raqamli reys mahalliy vaqt bilan soat 13:38 da Ahmadoboddagi Sardar Vallabhbhai Patel xalqaro aeroportidan Londonga yo‘lga chiqqan. Ammo parvoz boshlanganidan atigi bir necha daqiqa o‘tib, samolyot favqulodda holat signalini bergan va qisqa muddatdan so‘ng aloqalar uzilgan. Samolyot aeroportdan uncha uzoq bo‘lmagan hududga qulab tushgan. Ushbu hodisa oqibatida 110 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Hindiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing