Mirzaxalilovga chempionlik jangida kim raqiblik qiladi?

Sport

image

Yarim yengil vazn toifasidagi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarga aylangan Miraziz Mirzaxalilov kamar uchun rossiyalik bokschiga qarshi jang qiladi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mirzaxalilovga 22 yoshli Vsevolod Shumkov raqiblik qiladi. Shumkov o‘zining eliminator jangida kubalik Saydel Xortni taslim etgan.

Shumkov havaskor boksda bir necha bor Rossiya chempioni bo‘lgan. U profboksda umumiy hisobda 2 ta jang o‘tkazib, ikkalasida ham g‘alaba qozongan. 

Ma’lumot uchun, Mirzahalilov 16 fevral kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tkazilgan “IBA Chempionlar oqshomi” turniri doirasida meksikalik Luis Rodriges Okanaga qarshi jang qilib, ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirzaxalilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing