Taniqli aktyor Mirza Azizov vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
16 Aprel 2021 88050 1 daqiqa
O‘zbekiston xalq artisti, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori Azizov Mirza Mamadjonovich bugun 16 aprel kuni 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Mirza Azizov yuksak darajadagi musiqali teatr aktyori sifatida “Yusuf va Zulayho”da Fir’avn, “Farhod va Shirin” da Bahrom, “Nodirabegim” musiqali dramasida Madalixon, “Alpomishning qaytishi” spektaklida Alpomish obrazlari orqali tomoshabinlar mehrini qozongan edi.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr