Mirobod tumani hokimi Toshkent “elektroseti”ga direktor bo‘ldi

Jamiyat

image

“Hududiy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyatida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 12 iyun kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda elektr energetika tizimini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining Elektr tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga A’zam Fahriddinovich Izbosarov tayinlangan. Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi Aloqa boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish olib borgan.

Shuningdek, ayni kungacha Mirobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shuhrat Po‘latov Abdujabborovich “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali bosh direktori lavozimiga tayinlangan.

Bundan tashqari, majlisda sohadagi mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishda elektr tarmoqlarini raqamlashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan hamda bu borada zarur choralar ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing