Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
Olam
−
05 iyul 2024
2866Bugun, 5 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Turkiy Davlatlar Tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari kengashining “Transport o‘zaro bog‘liqligi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish orqali barqaror kelajakni barpo etish” mavzusida bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari yig‘ilishi kun tartibidan savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya va investitsiya-moliya sohalarida, shuningdek, “yashil” iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energetika, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish borasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyevning Ozarbayjonga borishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar