Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari YTHda halok bo‘ldi
3-sahifa
−
02 iyun 2022
11874Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Bekzod Boborajabov yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Shohruh G‘iyosovga ko‘ra, voqea kecha, 1 iyun kuni soat taxminan 3:20da Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududida sodir bo‘lgan. Mazkur hududdan o‘tgan yo‘lda Gentra va Hovo yuk mashinasi to‘qnashgan.
Oqibatida Gentra’da yo‘lovchi sifatida ketayotgan Bekzod Boborajabov vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yana ikki kishi tan jarohati olgan.
Ma’lumot uchun, Bekzod Boborajabov 2020 yil 12 iyul kuni Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
LiveBarchasi