Miraziz Mirzaxalilovning jangi muddatidan oldin yakunlandi

Sport

image

Kecha, 16 iyun kuni Toshkentda professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi Miraziz Mirzahalilov Qozog‘iston vakili Nurslon Sobirovga qarshi ringga ko‘tarildi. 

Eng yengil (56,2 kilogramm) vazn toifasida WBA Asia South kamari uchun kechgan jang 4-raundda texnik nokaut bilan Mirzahalilov foydasiga hal bo‘ldi.

Shuningdek, kechaning markaziy jangida yana bir O‘zbekiston vakili Mujibillo Tursunov WBC Central Asia mintaqaviy kamari uchun qozog‘istonlik Dilshod Nurimga qarshi bahs olib bordi. To‘liq 8 raund davom etgan jangda o‘zbekistonlik bokschi hakamlar qarori bilan g‘alaba qozondi.

Bu orqali Tursunov WBA'ning Markaziy Osiyo chempionilik kamarini O‘zbekistonda olib qoladigan bo‘ldi.

Jang oqshomining o‘ziga xos mehmon ishtirokchilari boksning WBO yo‘nalishida sobiq chempion Buyuk Britaniya vakili Pol Batler va ispaniyalik Jeyson Luna o‘rtasida eng yengil vaznda bo‘lib o‘tgan jang 1-raunddayoq britaniyalik foydasiga texnik nokaut bilan hal bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov AQSH mezbonligida bo‘lib o‘tadigan professional boks oqshomida amerikalik yengilmas Xarold Kalderonga qarshi jang qilishi haqida xabar berilgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Miraziz Mirzaxalilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar