Minskda karantin choralari kuchaytirildi

Olam

image

Minskda 12 noyabrdan maska taqish majburiy etib belgilandi. Bu haqda Minsk shahar Ijroiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Bugun, 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Minsk shahar Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida shaharda virusli infeksiyalar va COVID-19 tarqalishini oldini olish maqsadida niqob taqish majburiyati joriy etildi. 

Unga ko‘ra, Poytaxtdagi binolarning nafaqat xodimlari, balki binoga kirib chiquvchilar ham maskada bo‘lishi shart. Qolaversa, jamoat transportlarida, metroda, avtobus va yo‘nalishli taksilarda maskasiz yurishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

“Shaharda virusli infeksiyalar va COVID-19 tarqalishi talablariga rioya etilishi ustidan nazorat bugungi kundan boshlab kuchaytiriladi. Qaror barcha mulk shaklidagi tashkilotlar rahbarlarini sanitariya va epidemiyaga qarshi zarur choralarni ko‘rishga majbur qiladi”, deyiladi Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.

Qabul qilingan qaror mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha amal qiladi. 

Niqob taqish rejimi avvalroq Gomel va Mogilev viloyatlari, Brest, Polotsk, shuningdek, Minskdagi bir qator universitetlarda joriy qilingan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda pandemiya boshlangandan beri 109 357 kishi kasallikka chalingan. Shundan, 1022 nafar bemor vafot etgan bo‘lsa, 92 266 kishi sog‘aygan. 

Karim ZARIPOV


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing