Minsk-Toshkent reysi portlash xavfi tufayli Domodedovoga qo‘ndi
Olam
−
11 aprel 2022 12020 1 daqiqa
Airbus A-320 Minsk–Toshkent samolyoti mina o‘rnatilgani haqidagi anonim xabardan keyin Domodedovoga qo‘ndi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Minskdan Toshkentga uchayotgan Airbus A-320 samolyotining portlash xavfi haqida anonim xabar kelib tushdi. Shu munosabat bilan havo kemasi komandiri Domodedovo aeroportiga qo‘ndi”, deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, hozirda samolyotda portlovchi buyumlar va portlovchi moddalar mavjudligi tekshirilmoqda. Tergov harakatlari olib borilyapti.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust