Mini-futbol bo‘yicha DXX raisi kubogi o‘tkaziladi

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi o‘tkazilmoqda. Bu haqda DXX Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning aprel oyidan boshlab, O‘zbekiston hududlarida mini-futbol bo‘yicha DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari kubogi o‘tkazildi. Unda 18-30 yosh oralig‘idagi yoshlardan iborat 7779 ta jamoa ishtirok etdi.

Tuman, shahar hamda viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng kuchli 14 ta jamoa 12-15 iyun kunlari Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida DXX Raisi kubogi uchun o‘zaro kuch sinashadi. Birinchi o‘rinni egallagan jamoaga ular istiqomat qiladigan tumanda mini-futbol maydoni, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalarga esa ular yashaydigan tumanlarda “Workout” maydonchalari qurib beriladi.

Shuningdek, “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi to‘p urar”, “Eng yaxshi darvozabon” va “Eng yaxshi murabbiy” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar ham aniqlanadi. Musobaqa “Sog‘lom yoshlar — yangi O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, DXX Raisi kubogini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad yoshlar orasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing