Milliy terma jamoaning ikki futbolchisida koronavirus aniqlandi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Rossiya Milliy terma jamoasi vakillari orasida o‘tkazilgan koronavirus testi natijalariga ko‘ra ikki kishida COVID-19 ning shubhali natijalari aniqlangan. Bu haqda MTJ Matbuot xizmati xabar bermoqda

Qayd etilishicha, himoyachi Georgiy Jikiya va darvozabon Marinato Gilerme koronavirus testlarining shubhali natijalari tufayli Rossiya futbol terma jamoasining boshqa azolaridan izolyatsiya qilingan. 

Ta’kidlanishicha, ayni paytda natijalar qayta tekshirilmoqda, bu biroz vaqt talab etadi. 

"Ikkala futbolchi ham izolyatsiya qilingan va ular har kuni sinovdan o‘tkaziladi. Ularda kasallik alomatlari yo‘q, o‘zlarini juda yaxshi his qilishyapti. Jamoaning qolgan a’zolari va xodimlar allaqachon qo‘shimcha sinovlarni topshirishdi va natijalarga ko‘ra ularda koronavirus aniqlanmadi", deyiladi xabarda. 

Oktyabr oyida Rossiya terma jamoasi Moskvada uchta uchrashuv o‘tkazadi. 8 oktyabr kuni Shvetsiya jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 11 va 14 oktyabr kunlari Stanislav Cherchesov boshchiligidagi jamoa Millatlar Ligasining guruh bosqichi doirasida Turkiya va Vengriya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. 

Jikiya Moskvaning "Spartak" sardori. U Rossiya chempioni va Rossiya Superkubogi sohibi bo‘ldi. Terma jamoa tarkibida u 25 ta o‘yin o‘tkazib, unda bitta gol urgan. 

Gilerme "Lokomotiv" da o‘ynaydi va shu bilan birga jamoa sardori hisoblanadi. U Rossiya chempioni, Rossiya Kubogi va Rossiya Superkubogining uch karra g‘olibi. Terma jamoa tarkibida u 13 o‘yin o‘tkazdi, shulardan 9 tasi "nolga" teng bo‘ldi.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Milliy terma jamoasi Marinato Gilerme Georgiy Jikiya

Baholaganlar

67

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar