Milliy seriallar uchun har yili 12 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan subsidiya ajratiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun Respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga  Kinematografiya agentligi tomonidan har yili 12 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya mablag‘lari ajratiladi.

Bundan tashqari, Markaz hujjatli va xronikal filmlar ishlab chiqarishni ochiq tanlov asosida tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekkino” milliy agentligi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Kinematografiya akademiyasi tashkil etilishi ma’lum qilindi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing